Mavlono Soyiliy (shoir)




Mavlono Soyiliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hisorlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning darveshtabiat va kamgapligini, baʼzi sheʼrlari yomon emasligini aytib, quyi­dagi baytini keltiradi:

Maro dar dida tang omad fazoi koʻhu homun ham,

Gʻami Farhod man doram, baloi ishqi Majnun ham.

(Mazmuni: Mening koʻzimga togʻ bilan dasht fazosi ham torlik qilib qoldi. Chunki menda Farhodning gʻami va Majnun ishqining balosi bor)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz