Mavlono Soneiy




Mavlono Soneiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan boxarzlik shoir va vazir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning koʻproq masnaviy janrida ijod qilgani, vazir lavozimida xizmat qilgan vaqtida badnafsligi va zulmi uchun podshohning qahriga uchragani va qatl qilingani haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning Abdurahmon Jomiy taʼrifida aytgan masnaviysidan quyidagi ikki bayt keltirilgan:

Ba tu har ki oʻ daʼviye mekunad,

Chi daʼvist, bemaʼniyi mekunad,

Turo mevayi shirin-u oʻrost talx,

Chu sebi Samarqand-u oluyi Balx.

(Mazmuni: Kim senga gar doim daʼvo qilsa, daʼvo emas, bemaʼnilik qilgan boʻladi. Sening mevang Samarqand olmasi kabi shirin, uniki Balx olxoʻrisidek achchiqdir)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz