Mavlono Solimiy




Mavlono Solimiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan iroqlik shoir va musiqashunos. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning avval ilm olish bilan mashgʻul boʻlgani, keyinroq sheʼriyat, muammo ilmi va xattotlikka ragʻbat bogʻlagani, musiqa asboblaridan ud va tanbur chalishni oʻrgangani, musiqa ilmiga doir risolalar ham bitganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning “Amon” ismiga bitgan bir muammosi va quyidagi bayti keltirilgan:

Chunon ba suvrati on oftob hayronam

Ki, tigʻ agar zanadam, chashmi xud napoʻshonam.

(Mazmuni: Ul quyoshning suratiga shu qadar oshuftamanki, agar menga tigʻ ursalar ham koʻzimni yummay turaveraman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz