Mavlono Solihiy




Mavlono Solihiy (15 asr) – xurosonlik forsiynavis shoir va olim. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning asli xurosonlik boʻlsa-da, lekin koʻp yillardan beri Hisorda yashashligini aytadi. Mavlono Solihiy dastavval toshyoʻnuvchilik kasbi bilan mashgʻul boʻlgan, keyinchalik, aruz ilmi va badiiy sanʼatlarni oʻrgangan, sheʼriyat bilan shugʻullangan. Navoiyning aytishicha, u Hisorda podshohning kitobdori ham boʻlgan. “Majolis un-nafois”da unga nisbat beriluvchi quyidagi bayt keltirilgan:

Agar, ey shamʼ, shabe hamnafasi man boshi,

Chi duo behtar az in astki, ravshan boshi.

(Mazmuni: Ey sham, agar kechasi men b-n hamnafas boʻlsang, ravshan boʻl, deyishdan boʻlak yaxshiroq duo bormi?!)[1][2]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz