Mavlono Sofiy




Mavlono Sofiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Koʻhi Sof shayxzodalaridan. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning Xoja Hofiz Sheroziy sheʼrlariga tatabbuʼ bogʻlashi haqida maʼlumot berib, quyidagi baytini keltiradi:

Soqiyo, sarxushamu bodai sofam dori,
Gar kunam sarxushi, on behki, maofam dori.

(Mazmuni: Ey soqiy, men mastmanu sof may tutasan; agar badmastlik qilsam, yaxshisi, kechirgaysan).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz