Mavlono Sirriy




Mavlono Sirriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir, Mavlono Ali Shihobning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qalandartabiat yigit ekanligini aytib, Marvda qurgan mehmonxonasi odamlarga xizmat qilishi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Bud dar daʼvi ba abroʻyat mahi nav tez-u tund,

Did chun xurshed roʻyat soxt xudro gird-u gʻund.

(Mazmuni: Qoshing bilan bahsda yangi oy tezlik qilar va chimirilar edi. Quyosh yuzingni koʻrgach, oʻzini yumaloq va yassi qilib oldi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz