Mavlono Sifotiy




Mavlono Sifotiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni endi tanila boshlagan shoir sifatida eʼtirof etib, oʻzini koʻrmaganligini, lekin sheʼrini eshitganligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Baski, dar sar havasi roʻyi tu dorad dida,

Pusht soʻyi man-u roʻ soʻyi tu dorad dida.

(Mazmuni: Koʻzlarim sening yuzingni koʻrish havasida boʻlgani uchun menga doimo orqa oʻgirib, senga qarab turadi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz