Mavlono Shukriy




Mavlono Shukriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning masal aytishda Sayfiy Buxoriyga tatabbuʼ qilishi haqida maʼlumot berib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Chu zi xat pursamat az mushki Xoʻtan megoʻyi,

Chand bo mo ba sari zulfi suxan megoʻyi.

(Mazmuni: Miyigʻingdagi sabzalardan soʻz ochsam, Xoʻtan mushkidan gapirasan; shunday qilib qachon biz bilan zulf haqida soʻzlashasan?)[1][2]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz