Mavlono Shomiy
Mavlono Shomiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan domgʻonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning din va shariat ilmlarini koʻp oʻrgangani, ammo olim sifatida nom chiqarmagani, keyinroq tibbiyot bilan mashgʻul boʻlib, bu sohada ham muvaffaqiyat qozonmagani, sheʼrni yaxshi aytishi, lekin imlosida qusur borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning Navoiy tomonidan “yaxshi voqeʼ boʻlubdur” deb baholangan quyidagi bayti keltirilgan:
Didaro guftamki, dar roʻyash ba gustoxi mabin,
Guft: “Gustoxi chi boshad, ayni mushtoqist in”.
(Mazmuni: Koʻzga aytdimki, beadablik bilan qarama; u dediki, bunda beadablik nima qilsin, bu – mushtoqlikdir)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org