Mavlono Shodiy




Mavlono Shodiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning Mashhad xushtabʼlaridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Xonayi dil muhr shud az dogʻi on qotil maro,

To pas az murdan bimonad mehri oʻ dar dil maro.

(Mazmuni: Ul qotil dilim xonasiga oʻz dogʻi b-n shunday muhr bosdiki, uning mehri oʻlganimdan keyin ham dilimda qolsin)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz