Mavlono Sherali




Mavlono Sherali (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir va xattot. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oʻz davrida mashhur xattot ekani, nastaʼliq xatini hech kim u kabi bita olmasligini yozadi. Mavlono Sherali tasavvuf va muammo ilmidan ham yaxshi xabardor boʻlgan. Navoiy uning soʻnggi paytlarda uzlatni ixtiyor etib, odamlarga aralashmay qoʻyganini aytadi va “Malanku” ismiga bitilgan muammosini keltiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz