Mavlono Sharoriy
Mavlono Sharoriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Sharoriy” (sharor – uchqun, alanga) taxallusini tanlagani rangidagi qizillik bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb, quyidagi baytini keltiradi:
Nadoram beshtar z-in toqati bemehrii jonon,
Xudoyo, bar man on nomehrubonro mehrubon gardon.
(Mazmuni: Jononning mehrsizligiga bundan ortiq bardosh bera olmayman. Ey xudo, ul nomehribonni menga mehribon qilgʻil)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org