Mavlono Shamsiddin Muhammad Asad




Mavlono Shamsiddin Muhammad Asad (vaf. 1460) – “Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Zayniddin Xavofiyning muridi. Shayx Bahouddin Umarning xonaqohida chilla oʻtirgan. Mavlono Faxriddin Luris­toniy qoʻlidan tabarruk xirqa kiygan. Mavlono Saʼdiddin Koshgʻariy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Hirotning Gozurgohida, Abdulloh Ansoriy qabrining etagida dafn etilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz