Mavlono Shahidiy
Mavlono Shahidiy (15 asr) – qumlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi.
Alisher Navoiy uning devonatabiat kishi ekani, lekin badihasi ravon boʻlib, taʼbi hazilga moyilligi, Iroqdan Xurosonga ikki marta borib kelganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”ning tarjimoni Muhammad Qazviniy Mavlono Shahidiy Iroqdan Xurosonga kelganida Abdurahmon Jomiy suhbatida boʻlgani va oʻzi bilan ham koʻp suhbatlashganini yozadi. Mavlono Shahidiy bir yilcha Qazvinda yashagan va Gilon sultoni Mirzo Ali bu shaharga kelganida shoirga ancha tillo pul inʼom qilgan ekan. U esa tillolarni uyning burchagiga toʻkib qoʻygan va doʻstlaridan kimda zarurat boʻlsa, olib sarf qilavergan ekan. Shoirda mol-dunyo hirsi boʻlmagani sababli uni devona der ekanlar. Shahidiy bir necha muddat Sulton Yaʼqubbekning musohibi boʻlgan, keyin Hindustonga ketgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltiriladi:
Biyo, ey ishq, otash zan dili afsurdai moro,
Ba nuri xesh ravshan kun charogʻi murdai moro.
(Mazmuni: Ey ishq, kel, bizning qiynalib ketgan dilimizga oʻt qoʻy. ¤z nuring b-n bizning oʻchgan chirogʻimizni yorit)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org