Mavlono Shabobiy
Mavlono Shabobiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad shoirlaridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:
Ey sarvi sihi qomat, ey shoʻxi jafopesha.
Shud in tani majruham az tiri gʻamat besha.
(Mazmuni: Ey xushqomat sarv, ey jafo qiluvchi shoʻxim, gʻamlaring oʻqidan bu majruh tanim chakalakzorga aylandi)[2].
Manbalar
uz.wikipedia.org