Mavlono Savsaniy




Mavlono Savsaniy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning koʻrkamligina koʻrinishi, avvallari koʻp vaqtini “Gavharshodbegim” madrasasi atrofida oʻtkazishini, endi shaharda sokin holda hayot kechirishi, behuda ishlar va kishilarga vaqt sarflamasligini yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Mujarradonki, zi qaydi zamona ozodand,

Na sayd gashta ba domi kase, na sayyodand.

(Mazmuni: Yolgʻizlar zamona bandlaridan ozoddirlar; ular birovning tuzogʻiga tushgan na sayddirlar va na sayyod)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz