Mavlono Saidiy




Mavlono Saidiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning kosagarlik (kulolchilik) bilan shugʻullanishi haqida maʼlumot berib, bir gʻazali matlaʼsida zulqofiyatayn qoʻllanilganligini, lekin soʻnggi bayti yaxshiroq chiqqanligini aytadi:

Shabe binshinu chandone sharobi behisobam deh

Ki, natvonamki to roʻzi hisob az joy barxezam.

(Mazmuni: Kechasi oʻtirib shu qadar behisob sharob berki, hisob (qiyomat) kunigacha oʻrnimdan tura olmay qolay).

Mavlono Saidiy Hirotda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz