Mavlono Safoiy




Mavlono Safoiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan andijonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “sodda yigit”ligi, oʻzi kabi koʻp yigitlar uning suhbatiga maftun ekanligi haqida yozib, tabʼi rangin, aytgan sheʼrlari sodda tabiatining aksi edi, deb taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Menamoyad gohi javlon naʼli shabrangat ba chashm,

Chun mahi nav k-az nazar sozand mardum gʻoyibash.

(Mazmuni: Kishilar yangi oyga tikilib turganlarida u birdan gʻoyib boʻlganidek, qora oting javlon urgan paytida faqat taqasigina koʻzga chalinadi).

Mavlono Safoiy Samarqandda vafot etgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz