Mavlono Sadr Kotib
Mavlono Sadr Kotib (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning parishon xayolligi, koʻp vaqtini turklar xizmatida oʻtkazishi, tanballigi tutsa, baʼzan uzoq vaqtgacha sheʼr yozishni ham unutib qoʻyishi, may uni magʻlub qilgani, undan oʻzga hech ishni bajarishga ragʻbati yoʻqligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Hargiz dili moro ba gʻame shod nakardi,
Kushti digaronrovu maro yod nakardi.
(Mazmuni: Sen hech qachon bizning gʻamgin dilimizni shod qilmading, boshqalarni oʻldirdingu bizni esa yodga ham olmading).
Mavlono Sadr Kotib Hirotda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org