Mavlono Saʼdiddin




Mavlono Saʼdiddin (803–900 h.q./1401–1495 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf namoyandasi, Alisher Navoiyning zamondoshi.

Bahrobodning Ravniz qishlogʻida tugʻilgan. Abdurahmon Jomiyning saboqdoshi va musohibi. Mavlono Izziddin Tohir Nishopuriyning shogirdi. Faroyiz, tafsir va hadis ilmi bilan jiddiy shugʻullangan. Qirq yilga yaqin Mashhadda yashagan. Taassub va ayirmachilikdan xoli, dunyoviy mashgʻulotdan forigʻ kishi boʻlgan. Navoiy bu zot bilan koʻrishib, duoyi xayrlar olishga erishganligini mamnuniyat bilan qayd qilgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz