Mavlono Qobiliy




Mavlono Qobiliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan turshizlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning sipohiylik bilan ham mashgʻul boʻlganini, goʻyo odamlarni koʻp hajv qilgani uchun har ikkala hunaridan ayrilganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi matlaʼsi keltirilgan boʻlib, Navoiy “bu sheʼri bila oʻzin hajv ham qilibtur. Bovujudkim, hech mazasi yoʻqtur va qofiyasi ham gʻalatdur” deb yozadi:

Ajab navbad ba lutf arzonki, binavozi gʻaribonro,

Navozish z-onki, rasm-u odati xubest xubonro.

(Mazmuni: Lutf-marhamatingni arzon qilib, goho gʻariblarni yoʻqlab tursang yomon boʻlmas edi. Chunki marhamat koʻrgazish goʻzallarning goʻzal odatidir).

Navoiy bu oʻrinda “qofiyasi gʻalat” deganda, “gʻaribonro – xubonro” qofiyalaridagi “b” raviysidan oldin kelayotgan ridfi asliyning ikki xil harf: “i” va “u”boʻlib kelayotganligini nazarda tutyapti, aslida mumtoz qofiya talabiga koʻra ridfi asliy bir xil unli harfdan iborat boʻlishi kerak.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz