Mavlono Qavsiy




Mavlono Qavsiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan isfaroyin­lik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qobiliyatli, jismonan baquvvat va kuchli yigit boʻlsa-da, dangasa va tanbal ekanligini, shu tufayli hech ishda muvaffaqiyat qozonmaganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Chu bar man vaqti jonbozi libosi xeshtan poʻshad,

Kase xohamki, roʻzi marg bar tobuti man poʻshad.

(Mazmuni: Shunday bir kimsani istaymanki, jon chiqar paytimda menga oʻz libosini kiygizsa, oʻladigan kunimda esa tobutimga yopsa)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz