Mavlono Qanbariy I




Mavlono Qanbariy I (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan nishopurlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ilmsiz kishi ekani, lekin sheʼr aytishda peshqadamligi, sheʼrlarida maʼno borligini aytib, “Majolis un-nafois”da Abulqosim Bobur madhida aytgan qasidasidan matlaʼ keltiradi:

In guharho binki, dar daryoi axzar kardaand,

Z-in mashoil otashi xur binki chun barkardaand.

(Mazmuni: Bu gavharlarni koʻm-koʻk daryoda yetishtirganlar, koʻrgil bu mashʼal­lardan yolqinli quyosh paydo qilganlar)[1][2].

Mavlono Qanbariyning qabri Nishopurda joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz