Mavlono Qabuliy II




Mavlono Qabuliy II (15–16-asr) – qunduzlik zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Qunduzdan Xurosonga tahsil olish uchun kelgani, lekin parishonxotirligi va dangasaligi tufayli maqsadiga erishmogʻi qiyin kechganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning oʻz hasbi holiga mos tushuvchi quyidagi bayti keltirilgan:

Xona, ey oqil, chi kor oyad mani devonaro,

Chun namedonam mani devona rohi xonaro.

(Mazmuni: Ey oqil, devonaga uyning nima keragi bor? Chunki men devonaman – uyga boradigan yoʻlni bilmayman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz