Mavlono Qabuliy I
Mavlono Qabuliy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni faqir kishiligi, Bozori Malikda ip yigirish doʻkoni borligi haqida maʼlumot beradi. Navoiyning yozishicha, bir kuni tongda mahalla ulugʻlari Navoiyning huzuriga kelib, Mavlono Qabuliy ularga devonini Navoiyga topshirishlari, oʻzini esa Sodoti Musrih qabristoniga koʻmishlarini vasiyat qilganligini aytadilar. Navoiy Mavlono Qabuliyning vasiyatini bajo keltiradi. Koʻmish marosimidan soʻng devonini ochadilar. Uning kirish qismida quyidagi bayt yozilgan edi:
Agar qabuli tu yobam Qabuliyam, var na
Ba har du kavn chu man noqabul natvon yoft.
(Mazmuni: Agar senga maʼqul boʻlsam, “Qabuliy”man, yoʻq esa, ikki dunyoda mendek nomaqbul topilmas)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org