Mavlono Osimiy




Mavlono Osimiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning otasi yetuk insonligi, savdo va tijorat bilan shugʻullanishi, tolibi ilm ekani, nazm bilan ham mashgʻul boʻlishini aytadi:

Chun otasham zi hajri tu bar sar zanad alam,

Sozam ravon chu shamʼ zi girdobi dida nam.

(Mazmuni: Gʻam olovi hajringda boshimga alam solganida, koʻzlarim girdobidan sham kabi yoshlar toʻkaman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz