Mavlono Olim




Mavlono Olim – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning donishmand kishi, muloyim tabʼli shoir ekanligini aytib, quyidagi voqeani keltiradi. Bir kuni Mavlono Olim koʻpchilik boʻlib devonboshiga shikoyat ariza bilan chiqadi. Devonboshi shikoyatni koʻrib chiqishni muboshir (ish boshqaruvchi) Majdiddin Muhammadga topshiradi. Majdiddin Muhammad esa ikkinchi tarafning yonini olib, arizani koʻrib chiqmay, buklab qaytarib beradi. Shunda Mavlono Olim ushbu holat bilan bogʻliq quyidagi baytni bitadi va u mashhur boʻlib ketadi:

Kori moro Xoja Majdiddin Muhammad hech kard,

Kogʻazi moro naxond on roʻzu darham pech kard.

( Mazmuni : Oʻsha kuni Xoja Majdiddin ishimizni butkul yoʻqqa chiqardi: qogʻozimizni oʻqimay buklab qaytarib berdi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz