Mavlono Ofatiy
Mavlono Ofatiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning holvachilik bilan shugʻullanishi, oʻzini koʻrmagan boʻlsa-da, sheʼrini eshitgani haqida maʼlumot berib, “Majolis un-nafois”da quyidagi baytini keltiradi:
Xudo kunad ba xayoli tu har zamonam shod,
Gar az xayoli tu gardam judo, xudo nakunod.
(Mazmuni: Xudo meni hamisha sening xayoling bilan shod aylasin. Seni xayolingdan ayirmasin, Xudo saqlasin!)[1][2]
Manbalar
uz.wikipedia.org