Mavlono Nur




Mavlono Nur (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy Mavlono Nurning sodda va ishonuvchanligiga ishora qilish maʼnosida uning bir majlisdagi “hakimlar insondagi hid bilish hissi ikki qosh orasida joylashganligini eʼtirof etadilar”, degan gapga ishonib, xushboʻy narsalarni ikki qoshi orasiga qoʻyib, nafasini yuqoriga tortgani haqidagi voqeani hazil-mutoyiba tariqasida aytib oʻtadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi matlaʼsi keltirilgan:

Turo nilufari pirohanu man monda hayronash

Ki, sar bar mezanad xurshed har roʻz az girebonash.

( Mazmuni : Nilufar rang koʻylagingga men hayratlanaman,

chunki har kuni uning yoqasidan quyosh chiqib kelganday boʻlaveradi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz