Mavlono Noziriy
Mavlono Noziriy (15–16-asr) – xurosonlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi sheʼriy tabʼga ega, lekin sal oʻzboshimcha yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Meshavad dar qahr agar xudro kusham az bahri oʻ,
Vah, chi qahr ast on ki xudro mekusham az qahri oʻ.
(
Mazmuni: Ul yor uchun oʻzimni oʻldirsam, uning qahri keladi.
Vah, bu qanday qahrki, u qahr tufayli oʻzimni oʻldiraman)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org