Mavlono Nosiruddin




Mavlono Nosiruddin (15 asr) – samar­qandlik shoir, Ahmad Hojibek mulozimlaridan. Uning nomi “Majolis un-nafois”­ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning donishmand va taqvodor otasidan farqli ravishda sipohiylikka havas­mand ekanligini, beliga ovchilik ashyo­larini bogʻlab, rangin otlarni minishga mayli borligini aytadi. “Majolis un-nafois”­da unga nisbat berilgan quyidagi bayt keltirilgan:

Tubuchoq abrashe agaram zeri zin buvad,

Mulki jahon maro hama zeri nigin buvad.

( Mazmuni: Agar ostimda egarlangan ot boʻlganda edi,

jahon mulklari qoʻl ostimda boʻlardi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz