Mavlono Nosihiy




Mavlono Nosihiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Kase, ki safhayi roʻyi tu dar nazar dorad,

Kay az mutolaa xohad, ki chashm bardorad.

( Mazmuni : Kim agar qarshisida sening jamoling kitobini koʻrarkan,

u qanday qilib (u) mutolaadan koʻz uza oladi?)[1][2]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz