Mavlono Nomiy
Mavlono Nomiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan sabzavorlik shoir va kotib. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sochma asarlar va maktublarni koʻchirishda mohir ekanligi, oʻz davrining kotib va xattotlari, xususan, Mavlono Abdulvoseʼ, Shayx Abdullo Devona va Xoja Dehdor uni xushlamasliklarini aytadi. Xoja Dehdor podshoh majlislarida koʻplarni tashbih va taqlid qilar ekan, jumladan, uning “Mavlono Nomiy sovun chaynagani uchun ogʻzida koʻpik paydo boʻladi”, degan tashbehi idrok ahli orasida koʻp maqtovga sazovor boʻlgan. “Majolis un-nafois”da Mavlono Nomiyning quyidagi matlaʼsi keltirilgan:
Lofad ba xatat nofa, zihi besaru poyi,
Gʻammozi siyah botini modarbaxatoyi.
(
Mazmuni : Bu qanday beboshlik, mushk sening miyigʻing xatlari bilan tenglashaman, deb lof uradi.
Aslida bu mushk ichiqora, chaqimchi va betayin bir narsadir)
Alisher Navoiy Mavlono Nomiy bu baytni Xoja Dehdorga javob tariqasida aytgan boʻlsa kerak, deydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org