Mavlono Muhyi




Mavlono Muhyi (768–865 hijriy-qamariy/1367–1461 milodiy) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, Alisher Navoiyning zamondoshi. Imom Rofiʼiy Gʻaznaviy avlodidan. Bolaligida Bobo Sungu bilan uchrashib, undan koʻp iltifotlar koʻrgan. Samarqandda xonaqoh va muridlari boʻlgan. Voizlik ham qilgan. Qurʼoni karimni har kuni bir marta toʻliq xatm qilishni odatga aylantirgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz