Mavlono Muhammad Noyiniy




Mavlono Muhammad Noyiniy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tib ilmi va muammoni yaxshi bilishi, ustozlarning muammo janri haqidagi “mavzun kalomdurkim, ishorat va imo bilan andin ot hosil boʻlur” (vaznli kalom boʻlib, imo-ishora orqali undan ism hosil qilinadi) degan taʼrifiga oʻz munosabatini bildirgani haqida maʼlumot berib, uning “mavzuni kalom qaydi taʼrifda hojat emas va ishorat bila ham emasdir” (taʼrif berishda mavzun kalom va ishoraga eʼtibor qaratish shart emas) degan fik­rini keltiradi. “Majolis un-nafois”da uning “Ruh” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz