Mavlono Malik




Mavlono Malik (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan boxarzlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy Mavlono Malik oʻzini Malik Zavzan avlodidan hisoblashi, shu sababli “Malik” taxallusini tanlaganligi, oʻttiz yoshidan keyin sheʼr yoza boshlaganligi, yon-atrofdagilar uni hazil-mutoyiba qilib, “Maliki gov” (mol) deb atashlari haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Sad qissa gar zi Layliyu Majnun rivoyat ast,

Movu hadisi ishqi tu, inho hikoyat ast.

(Mazmuni: Garchi Layli b-n Majnun haqida yuzlab rivoyat boʻlsa ham, bular (sen b-n) bizning ishqimiz voqealarining hikoyasidir)[1][2]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz