Mavlono Lutfulloh masjidi




Mavlono Lutfulloh masjidi  — Namangan viloyati Chust tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XX-asr boshlari). Dastlab masjid, Madrasa, minora, maqbara va boshqa binolardan iborat ansambl boʻlgan. Bizgacha bir tomoni ustunli mayejid ayvoni (28x7,2 m) saqlangan. Ayvon shiftini 3 qatorli 7 yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi. Markaziy ravoklar zinali karniz-kayvon (karnizning alohida koʻtarilgan kismi) hosil qilib, yuqori koʻtarilgan. Qirrali ustunlar sodsa, shifti esa serhasham handasiy naqshlar — gulsafsar va pechakgul chirmovuqlari bilan uygʻunlashgan. Toqilariga ishlangan gullarning takrorlanishi muayyan izchillik hosil qiladi. Naqshlarida koʻk, yashil va qizil ranglar koʻproq qoʻllanilgan.

Masjidning janubiy-sharqiy burchagidan bir necha metr narida minora (balandligi 13 m) qad koʻtargan. Minora tanasi feruza rang koshinlar bilan qoplangan. Mezananing tag qismi pargari egri ra-voqli muqarnas belbogʻ bilan oʻralgan. Mavlono Lutfulloh masjidi shahar istirohat bogʻi hududida, taʼmirdan soʻng tarix muzeyi sifatida foydalanilmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz