Mavlono Joniy




Mavlono Joniy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan jurjonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning dastlab “Rayhoniy” taxallusi bilan ijod qilgani, keyinchalik unga tugʻilgan joyiga nisbat berib, “Joniy” taxallusini tavsiya qilganliklarini, tabiatida bir oz savdoyilik borligi haqida yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

To jilva kard xatu labi yor sabzu surx,

Otash alam zad az dili afgor sabzu surx.

(Mazmuni: Yorning miyigʻi va labi sabz va qizil tusda jilva qilganda,

xasta koʻng­limdan sabzrang va qizil oʻt gurillab yondi).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz