Mavlono Jannatiy




Mavlono Jannatiy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni “tabʼi yomon emas, ammo aqli ham yoʻqtur va tolei ham” deb, bir muddat podshoh mulozimi boʻlgani, lekin falokat va yomon feʼli tufayli vazifasidan ozod etilganini yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltiril­gan:

Ba may xoʻrdan chu soqiy sogʻari mayro dahan poʻshad,

Chi shud k-oʻro ba sarpoʻshe savodi chashmi man poʻshad.

(Mazmuni: May ichilayotgan paytda soqiy uning idishi ogʻzini yopib qoʻygani kabi ul goʻzalga nima boʻldiki, mening koʻzim qorasini qopqoq bilan berkitib qoʻydi).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz