Mavlono Jamoliddin




Mavlono Jamoliddin (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir va mudarris, Abdurahmon Jomiyning qarindoshi. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida til­ga olinadi. Alisher Navoiy uning Jomiy madrasasida mudarris ekanligini aytib, “agar tanballigi gʻolib kelmasa edi, donishmand boʻlar edi”, deb yozadi. “Majolis un-nafois”­da uning quyidagi bayti keltiril­gan:

Manam on qumrii nolon zi

  shavqi sarvi dil joʻyat

Ki, doram tavqi gardan

  az xami qullobi abroʻyat.

(Mazmuni: Koʻngil oluvchi sarv qomating shavqidan nolagar bir qumriman, yoyma qoshing tuzogʻidan boʻynimda sirtmogʻim bor).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz