Mavlono Humoiy
Mavlono Humoiy (15 asr) – Iroqda yashab, faoliyat yuritgan forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning nihoyatda faqir va kamsuxan kishi ekanligini, bir marta Hirotga kelib-ketganligini aytib, “yaxshi voqeʼ boʻlubtur” deb baholagan quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Jono, manam zi dasti firoqi tu murdaye,
Xun dar tanam namonda chu nori fushurdaye.
(Mazmuni: Ey jonon, men firoqing dastidan bir oʻlikdekmen. Ezib tashlangan anorga oʻxshab tanamda qon qolmagan[1][2]).
Manbalar
uz.wikipedia.org