Mavlono Hoji Nujumiy
Mavlono Hoji Nujumiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning beparvo va tabʼi hazilga moyil shaxsligi, hajviy mazmundagi qitʼalari borligi haqida maʼlumot berib, “Majolis un-nafois”da quyidagi baytini keltirgan:
Boz iyd omad, biyo, jonoki, qurbonat shavam,
Hamchu chashmi goʻsfandi kushta hayronat shavam.
(Mazmuni: Yana hayit keldi, ey jonim, kel qurboning boʻlay, soʻyilgan qoʻyning koʻzidek hayroning boʻlay[1][2])
Manbalar
uz.wikipedia.org