Mavlono Hoji II




Mavlono Hoji II (1422—1494) – hirotlik fors shoiri va tasavvuf namoyandasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida va “Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan. Badavlat oilada tugʻilgan. Mol-mulkining barchasini darveshlar va muhtojlarga sarf etib, sakkiz marta haj safariga borgan. Uzoq yillar Makkada mujovir boʻlgan. Mavlono Hoji Abdurahmon Jomiyning yaqin musohibi va kitobdori boʻlgan. Jomiyning qabri suffasining ustida dafn etilgan. Alisher Navoiy uning darvesh va yolgʻizlikni xush koʻradigan kishi ekani, yaxshi tabʼga egaligi, baʼzida sheʼr ham yozib turishini taʼkidlab, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Pirona saram toza nihole ba bar omad,

K-az meva gʻamu gʻussavu xuni jigar omad.

(Mazmuni: Keksa boshimda toza nihol koʻkardi. Ul niholning mevasidan gʻam, gʻussa va jigar qoni paydo boʻldi[3])

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz