Mavlono Havoyi




Mavlono Havoyi (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Mashriqiyning ukasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning naqqoshlikdan xabardorligi, kitob bezash qobiliyatiga ham ega ekani, oʻz sheʼrlarini oʻzi koʻchirib, kitob holiga keltirganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ba girdi koʻyi tu bo sad niyoz megardam,

Bahona mekunam az dur-u boz megardam.

(Mazmuni: Koʻchang atrofida yuz zorlanib aylanaman, bahona qilib, uzoqdan yana aylanaman).

Mavlono Havoyi Hirotda vafot etgan, qabri Xoja Chilgaziy mahallasi yaqinida.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz