Mavlono Haqiriy




Mavlono Haqiriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning endi tanila boshlagani xushtabʼ yigitlardan biri ekanligini aytib, “tabʼida xili choshnisi (maza, taʼm) bor” deydi va quyidagi baytini keltiradi:

Meravam dar goʻshai mayxona jo xush mekunam,

Jomi may meyobamu onjo furoʻkash mekunam.

(Mazmuni: Mayxonaga boraman-u bir burchagidan oʻzimga joy olaman, may kosasini topaman-u oʻsha yerda sipqoraman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz