Mavlono Halvoiy




Mavlono Halvoiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqand­lik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni ochiqkoʻngil va xushsurat yigit sifatida taʼriflab, yoshlik chogʻida vafot etgani, umri qisqa boʻlganligi uchun shuhrat ham topmaganligini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Zohido, qiblayi mo abroʻyi dildor avlo,

Tuvu masjidki, turo roʻy ba devor avlo.

(Mazmuni: Ey zohid, bizning qiblamiz dildorning qoshi (bu sening qiblangdan) avlo (afzal)dir, Sen masjid bilan boʻlaver, sening yuzing devorga boʻlgani (avlo) maʼqul)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz