Mavlono Hajriy
Mavlono Hajriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Balx shahridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:
Shuda baxti badi man moneyi vasli habibi man,
Chi badbaxtamki, ham baxti badi man shud raqibi man.
(Mazmuni: Mening qaro baxtim habibim bilan uchrashishga moneʼlik qildi, qanday badbaxtmanki, qaro baxtim ham mening raqibimga aylandi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org