Mavlono Habib




Mavlono Habib (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad shahridan ekanligini aytib, quyi­dagi baytini keltiradi:

Chi goʻyam, holi dil bo nozanini nozparvardam,

Chu osori muhabbat zohir ast az chehrai zardam.

(Mazmuni: Nozanin goʻzalimga dilim ahvolidan soʻzlab nima qilaman, axir sevgim izlari zaʼfaron yuzimdan (shundoq) koʻrinib turibdi-ku[1][2]!)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz