Mavlono Forigʻiy
Mavlono Forigʻiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning darveshtabiat yigit ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:
Az bas ki on jafojoʻ ozor menamoyad,
Andak tarahhumi oʻ bisyor menamoyad.
(Mazmuni: Ul jafo axtaruvchi yorim menga hamisha ozor berganidan ozgina qilgan gʻamxoʻrligi ham koʻpdek tuyuladi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org