Mavlono Figʻoniy




Mavlono Figʻoniy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning asl ismi Mir Said ekani, baxshilik, muqovasozlik va oʻymakorlik hunarida mohirligi, baʼzan sheʼr ham yozib turishi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Dame visoli tu az umri

                     jovidon xushtar,

Ba yodi vasli tu xush budam,

           in zamon xushtar.

(Mazmuni: Vaslingga bir dam yetishish abadiy hayotdan yaxshiroqdir; vaslingni eslash b-n shod edim, bu zamon shodroqdurman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz